O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zamonaviy ko‘priklar aholi uchun qulaylik

2017-03-25 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkentning kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joydagi yo‘l o‘tkazgichni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. 

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida poytaxtimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy shaharsozlik namunalari asosida barpo etilgan ko‘plab inshootlar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. Yangi turar joylar, ijtimoiy obyektlar, yo‘l va ko‘priklar, shahar ahli va mehmonlariga keng qulaylik yaratayotir. 

Bunday ezgu ishlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan izchillik bilan, tizimli ravishda, zamon talabiga rioya qilgan holda davom ettirilmoqda. Poytaxtimizda aholi uchun yanada keng qulayliklar yaratish, transport harakatini tartibga solish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Mirobod tumanidagi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilayotgan ko‘prik shulardan biri. Uning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan quriladi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatiladi. Bu ishlar haydovchi va yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida ko‘prikning harakat xavfsizligini ta’minlash darajasini oshiradi. 

Prezidentimiz zamonaviy ko‘priklar qurish, yo‘llarni zamon talablariga moslashtirish aholiga qulaylik yaratish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi. 

Ko‘prik ostidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

 
Umar Asrorov, O‘zA 

Поделиться