O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Paralimpiyachilarimiz shohsupada

2017-03-25 | Sport

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi. 

Turnirda ellikka yaqin davlatdan to‘rt yuzdan ziyod paralimpiyachi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqada sportchilarimiz bittadan oltin va kumush hamda ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi. 

Mamlakatimiz vakili Natalya Semyonova musobaqaning nayza uloqtirish bahslarida oltin, yadro uloqtirishda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Terma jamoamiz a’zosi Elbek Sultonov yadro va disk uloqtirishda uchinchi o‘rinni egalladi. 

 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA 

Поделиться