O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

NNTlarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganildi

2017-03-25 | Jamiyat

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida “Mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlari rivojlangan tizimini shakllantirish: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzuida O‘zbekiston – AQSh davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari, AQSh ekspertlari ishtirok etdi. 

Anjumanda fuqarolik jamiyati rivojlanishi, nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlakatdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi faolligini oshirish borasida o‘zaro fikr va tajriba almashildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi A.Saidov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institularining roli oshib borayotganini alohida ta’kidladi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik qadriyatlar, insonlarning qonuniy haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi omilga aylanmoqda. Konstitutsiyamizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy prinsiplarning mustahkamlab qo‘yilgani ularning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi. NNTlarning faoliyatini yanada taraqqiy ettirishga oid tashkiliy-huquqiy baza mustahkamlanib bormoqda, davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish darajasi oshmoqda. 

Davra suhbatida NNTlarni rivojlantirish, davlat va jamiyatni boshqarish, mamlakatimizni har sohada taraqqiy ettirishda ularning o‘rni hamda ahamiyatini izchillik bilan oshirish borasida O‘zbekistonda to‘plangan tajriba haqida so‘z yuritildi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘ziga xos istiqbolli modeli ishlab chiqilgani, “uchinchi sektor” davlatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi qayd etildi. 

Jon Xopkins universiteti qoshidagi Fuqarolik jamiyatini o‘rganish markazi direktori Salamon Lester O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlar samaradorligini oshirish maqsadida ajratilayotgan davlat grantlari, ijtimoiy buyurtma va subsidiyalar ko‘rinishidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar e’tiborga molik ekanini ta’kidladi. 

Anjumanda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid ilg‘or tajribalari haqida fikr almashildi. 

 
Nodira Manzurova, O‘zA

Поделиться