O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Nazarboyev universiteti”ga tashrif buyurdi

2017-03-23 | Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti hamrohligida “Nazarboyev universiteti” va “MEGA Silk Way” savdo markazini borib ko‘rdi. 

Universitetga ilk talabalar 2010-yilda qabul qilingan. Uning tarkibida 8 maktab, bir markaz va kutubxona bor. Ta’lim xalqaro andozalar asosida olib boriladi. Har yili 440 dan ortiq bakalavr va 170 dan ziyod magistr kadrlar tayyorlanadi. 

Davlatimiz rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qo‘ydi. 

“MEGA Silk Way” savdo markazida savdo do‘konlari, sport va ko‘ngilochar shoxobchalar, turli ofislar joylashgan. Ushbu markaz shu yil 10-iyundan 10-avgustgacha Ostona shahrida o‘tkaziladigan «EKSPO – 2017» xalqaro ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladigan me’moriy ansamblning muhim qismi hisoblanadi. 

Bu yerda o‘zbek va qozoq xalqlarining ashula va raqslari, milliy hunarmandlik mahsulotlari namoyish etildi. 

Prezidentlar «EKSPO – 2017» xalqaro ko‘rgazma maydonining “Nur olam” pavilyoniga tashrif buyurdilar. 

Shavkat Mirziyoyev “EKSPO – 2017” ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasi mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari va korxonalari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli kelishuvlarga erishish yo‘lida muhim tadbir bo‘lishini ta’kidladi. 

Mamlakatimiz delegatsiyasining tashrifi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Milliy sanoat ko‘rgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum ham bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev kuzatib qo‘ydi. 

 
Anvar Samadov, O‘zA

Поделиться