O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk ajdodlarning munosib vorislari

2017-03-22 | Jamiyat

Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning tantanali qasamyod qabul qilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Poytaxtimizdagi "Vatanga qasamyod" monumenti poyida ham shunday tadbir o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisining o‘rinbosari M.Umarov, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi, jamoatchilik vakillari va ota-onalar shu munosabat bilan askarlarni qizg‘in tabrikladi. 

– Farzandlarimizga bir umr xalqimiz, Vatanimiz va Prezidentimizga sodiq bo‘lishni tilayman, – deydi Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan xizmatga chaqirilgan oddiy askar Ibrohim Solijonovning onasi Ruqiya Barotova. – O‘g‘lim avtomobil yo‘llari kollejini bitirdi. Yigitlik burchini o‘tab qaytgach, oliy o‘quv yurtida o‘qishni davom ettirishni rejalashtirgan. Qishloqdoshlarimiz ham Ibrohimga samimiy tabriklarini aytib qo‘yishimni iltimos qilishdi. 

Ilhom Umarqulov Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi fermer xo‘jaligida traktorchi bo‘lib ishlaydi. Ayni paytda dalada ish qizg‘in bo‘lishiga qaramasdan, xo‘jalik jamoasi unga o‘g‘lining hayotidagi ushbu muhim kunda uning yonida bo‘lishi uchun poytaxtga borib kelishiga ruxsat berdi. 

– Traktorim biror kun ishsiz qolmaydi, – deydi kulib Ilhom aka. – Hozir o‘rnimda ikkinchi o‘g‘lim Bobur ishlab turibdi. Traktorchilik kasbiga qiziqishi katta. Akasini askarlar safiga qo‘shilgani bilan uning nomidan tabriklashimni aytdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining faxriylar ishlari bo‘yicha markaziy kengashi raisi Hikmat Qosimov ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

– Bugun o‘g‘illarimizning mustaqil mamlakatimiz tinchligi va bunyodkor xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishga tantanali qasamyodi marosimida ishtirok etayotganimdan xursandman, – deydi Hakim aka. – O‘tgan chorak asr davomida mustaqillik g‘oyasi asosida tarbiyalangan, tinchligimiz va xavfsizligimizni ishonchli himoya qilishga qodir yangi avlod voyaga yetdi. Yigitlar yangilanish, yasharish bayrami bo‘lgan Navro‘z umumxalq ayyomi arafasida qasamyod qabul qilgani ham ramziy ma’noga ega.

 

Ablay Kamolov, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Поделиться