O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Huquqiy madaniyat yanada yuksalmoqda

2015-02-25 | Jamiyat

Qashqadaryoda o'tkazilgan seminar aholining saylovga oid huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga bag'ishlandi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi a'zolari, viloyat xalq ta'limi, sog'liqni saqlash boshqarmalari, xotin-qizlar qo'mitasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, Respublika ma'naviyat targ'ibot markazi viloyat bo'limi rahbarlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig'inlari rais va maslahatchilari, nodavlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida demokratik talablar va umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga javob beradigan, fuqarolarning o'z xohish-irodasini erkin ifoda etishini kafolatlaydigan milliy saylov tizimi yaratilgani alohida ta'kidlandi.

Qashqadaryo viloyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda. Tashkil etilgan 867 saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilayotir.

Ta'lim muassasalari, mahallalarda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda saylovchilar, ayniqsa, mazkur siyosiy jarayonda birinchi marta ishtirok etadigan yoshlarning saylovga oid huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan davra suhbatlari, seminarlar tashkil etilmoqda.

Tadbirda "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati, fuqarolarning saylov huquqlari, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishda saylov komissiyalarining o'rni xususida so'z yuritildi. Saylov kampaniyasining ochiqlik va oshkoraligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining roli, muddatidan oldin ovoz berish jarayonini qanday tashkil etish va o'tkazish bo'yicha belgilangan qonuniy tizim to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Поделиться