O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi
2017-03-20 | Siyosat
2017-yilning 19-mart kuni O‘sh shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining 10 kunlik muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Muzokaralar doirasida O‘zbekiston Respublikasining Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlar bilan Qirg‘iziston Respublikasining Batken, Jalolobod va O‘sh viloyatlari tutashgan hududlardagi davlatlararo chegaraning eng qiyin uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari va geodeziyaviy hisoblash ishlari olib borildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli bayonot imzolandi.
Uchrashuv ishchan muhitda va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi.