O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Tashqi ishlar vaziriga maktub
2017-03-20 | Siyosat
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri
S.V.Lavrov janobi oliylariga
Hurmatli Sergey Viktorovich,
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan eng samimiy tabriklarim va iliq tilaklarimni qabul qilgaysiz.
O‘tgan chorak asr davomida mamlakatlarimiz ikki tomonlama aloqalarning deyarli barcha muhim sohalarida, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatdi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va gumanitar sohalardagi aloqalarning dinamik rivojlanishi hamda strategik hamkorlikning chuqurlashuvi Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishi haqidagi fikringizga qo‘shilaman.
Ijozatingiz bilan yana bir bor Sizga o‘z minnatdorchiligimni bildirib, Siz, hurmatli Sergey Viktorovich, va Siz orqali butun Rossiya Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan,
Abdulaziz Kamilov,
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri