O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Og‘ir damlarda ko‘rsatilgan do‘stona yordam uchun samimiy minnatdorlik

2017-03-18 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasining Dushanbe shahridagi elchixonasiga Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi raisi Rustam Nazarzoda nomidan minnatdorlik maktubi keldi.

Rustam Nazarzoda o‘z maktubida yil boshida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgani va 500 dan ortiq katta qor ko‘chkisi ro‘y bergani oqibatida jabrlangan Tojikiston aholisiga O‘zbekistondan yuborilgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq mamlakatimiz Favqulodda vaziyatlar vazirligi 7-mart kuni Tojikiston aholisi uchun og‘ir bo‘lgan damda oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, qurilish materiallari, ko‘mir, issiq kiyim va birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘ladigan boshqa tovarlardan iborat 60 tonnadan ziyod yukni tezkorlik bilan yetkazib bergan edi.

R.Nazarzoda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ham tashakkurnoma yo‘llagan. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «Tojikiston Respublikasi xalqi mamlakat hududida ro‘y bergan keng miqyosli favqulodda vaziyat munosabati bilan O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan birdamlik va berilgan samimiy yordamni yuksak qadrlaydi. Ushbu yordam faqat hayot uchun zarur moddiy buyumlar bo‘lgani uchungina emas, balki avvalo, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p asrlik do‘stlik va hamkorlik rishtalarimizning ifodasi sifatida ko‘rsatilgan katta ma’naviy ko‘mak ekani bilan ham ahamiyatlidir».

Поделиться