O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT MKKning majlisi
2017-03-18 | Siyosat
2017-yilning 14-17-mart kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi va ShHT nizomiy organlarining boshqa tadbirlariga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi, kun tartibi va yakuniy hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston tomoni XII ShHT Forumi yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
A’zo davlatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston – Milliy koordinatorlari tashkilot faoliyati joriy kun tartibining boshqa masalalarini ham ko ‘rib chiqdilar.