O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Paralimpiyachilarimiz g‘alabasi

2015-02-24 | Sport

Vengriyada paralimpiyachilar o'rtasida dzyudo bo'yicha o'tkazilgan jahon kubogida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari to'rt oltin, bir kumush va ikki bronza medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Nufuzli turnirda dunyoning 32 mamlakatidan 205 atlet kuch sinashdi. Hamyurtlarimizdan Sherzod Namozov, Nurbek Berdiyorov, Shirin Sharipov va Tursunposhsha Nurmetova o'z vazn toifasida oltin medalga sazovor bo'ldi.

Feruz Saidov vazni 73 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar o'rtasida ikkinchi o'rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, Gulruh Rahimova hamda Hayitxon Alimova bronza medalni qo'lga kiritdi.

Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan paralimpiyachilarimiz 2016-yilda bo'ladigan XV Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi navbatdagi reyting ochkolariga ham ega bo'ldi.

Поделиться