O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Imtiyoz va rag‘bat – taraqqiyot omili
2015-02-24 | Iqtisodiyot
Farg'onada 2015-yilga mo'ljallangan soliq siyosatining asosiy yo'nalishlariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.
Soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda yuritilayotgan soliq va byudjet siyosati xo'jalik subyektlari hamda aholiga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga yo'naltirilgani ta'kidlandi.Prezidentimizning 2014-yil 4-dekabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati hamda soliq tizimidagi yangilik va o'zgarishlar yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.
– Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash, soha uchun soliq imtiyozlari berishga alohida e'tibor qaratilmoqda, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig'i A.Teshaboyev. – Joriy yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i stavkasi 8 foizdan 7,5 foizga tushirildi. Xodimlarga to'lanadigan daromadlarni legallashtirish, mehnatga haq to'lash fondiga soliq yukini pasaytirish maqsadida mikrofirmalar, kichik korxonalar hamda fermer xo'jaliklari uchun yagona ijtimoiy to'lov stavkasi 25 foizdan 15 foizga, qurilish sohasida faoliyat yurituvchi kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to'lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga kamaytirildi. 2015-yildan boshlab kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ta'lim dargohini tamomlagandan keyin o'n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan taqdirda, davlat ro'yxatidan o'tgan sanadan e'tiboran qat'iy belgilangan soliqni to'lashdan olti oy muddatga ozod etiladi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga aroflicha javob qaytarildi.