O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ochiq muloqot va izchil hamkorlik

2017-03-15 | Siyosat

Ma’lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimdagi mavjud muammo hamda kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har haftaning payshanba kunini “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” deb e’lon qilish taklif etilgan edi.

Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari hamda hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar rejasi ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq qilinayotir. Ya’ni payshanba kunlari o‘tkazib kelinayotgan profilaktika tadbirlarida ichki ishlar organlari xodimlari, prokurorlar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YoIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Musulmonlar idorasining joylardagi vakillari, umuman, barcha yurtdoshlarimiz, jumladan, yoshlar faol qatnashmoqda.

Bunday uchrashuvlar chog‘ida hududlarda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va oqibatlari tahlil qilinayapti. Qolaversa, ishtirokchilar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, sud-huquq sohasidagi yangiliklardan boxabar bo‘lmoqdalar.

Buni 9 mart kuni o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari misolida ham ko‘rish mumkin. Kun davomida korxona hamda tashkilotlar, o‘quv muassasalarida bo‘lib o‘tgan 63 mingdan ziyod uchrashuvlarda huquqiy targ‘ibotga katta e’tibor qaratildi. Yoshlarning bo‘sh vaqt-larini mazmunli tashkil etish, o‘qishga bo‘lgan munosabatini yaxshilash, bu borada ota-ona, o‘quv muassasasi mutasaddilari hamda mahalla faollari hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha ham zarur tavsiyalar berildi. Ayni chog‘da yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, o‘quvchilarning intizomi va davomatini nazorat qilish borasidagi holat tahlil etildi. O‘quvchilarga Vatanni, oilasini sevish, zimmasidagi mas’uliyatni his etib yashashi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Jinoyat va uning kelib chiqish sababi, o‘qishga bormayotgan o‘quvchilar ota-onalari, mahallalardagi notinch oilalar, jinoyat sodir qilishga moyil shaxslarning xatti-harakatlari keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama etilayotgani, ayniqsa, foydali bo‘layapti.

Xonadonlarga borib, profilaktik hisobda turgan, muqaddam sudlangan shaxslar bilan suhbatlar ham o‘tkazildiki, bular pirovardida o‘z samarasini bera boshladi. Ya’ni joylarda huquqbuzarlik hamda jinoyatchilik holatlari sezilarli darajada kamayib borayotgani kuzatilmoqda.

Profilaktika kuni tadbirlari ichki ishlar organlari xodimlari uchun ham ayni muddao bo‘layotganini aytish zarur. Aniqrog‘i, aholi bilan uchrashib, ularni huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol bo‘lishga chorlash jarayonida ichki ishlar organlari xodimlari xalqimizga yanada yaqinlashmoqda. Tabiiyki, bu faoliyatimizni bugungi kun talablari asosida tashkil qilishimizda muhim o‘rin tutadi.

Bugun mamlakatimizning barcha hududida navbatdagi “Payshanba — jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” tadbirlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Furqatjon G‘AYBULLAYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarning oldini olish 

bosh boshqarmasi inspektori, leytenant.

Поделиться