O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Matbuot xabarnomasi

2017-03-14 | Jamiyat

Bugun shahar hokimligida tashkil etilgan matbuot anjumanida  Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, IIBB, Xotin-qizlar qo'mitasi, Xalq ta'limi bosh boshqarmasi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YoIH shahar Kengashi hamkorligida qabul qilingan “2016-2017-o'quv yilida umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o'quvchilar davomatini to'liq ta'minlash, 9-sinf bitiruvchilarini o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o'qishga qamrab olishni amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qo'shma qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil axborot berildi.

 

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev raisligida joriy yilning 9 fevralida bo'lib o'tgan ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan videoselektor yig'ilishida hozirda o'ta dolzarb bo'lib turgan vazifalardan biri sifatida yoshlar masalasiga alohida urg'u berib o'tildi.

Ayni paytda poytaxtimizda qariyb uch millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.  Uning uchdan ikki qismini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi.

Bugungi matbuot anjumani mavzusiga sabab bo'lgan ushbu qo'shma qaror o'quv va ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan yoshlardagi Vatanga bo'lgan g'urur va iftixorni shakllantirish, ularning qalbidagi vatanparvarlik tuyg'usini yanada yuksaltirish, har tomonlama barkamol bilimli yoshlarni kamol toptirish,  yoshlar va ayollar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari jinoyatchiligi borasidagi ahvolni yaxshilash, umumta'lim maktablari va o'rta maxsus kasb hunar kollejlarida o'quvchilarni darslarga qatnashishini to'liq ta'minlash, ichki ishlar organlari quyi bo'g'in bo'linmalari, militsiya tayanch punktlari va profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni chuqur tahlil qilib, ularning sababi va kelib chiqishiga zamin yaratuvchi shart-sharoitlarni aniqlash, barcha ta'lim muassasalariga profilaktika inspektorlarini biriktirib, ular kundalik ish faoliyatini ta'lim muassasalaridan boshlashni amaliyotga tatbiq etish, ta'lim muassasalariga ishga qabul qilingan “Kamolot” YoIH etakchilarini ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Unga ko'ra, Toshkent shahrida joylashgan ta'lim muassasalarida o'quvchilar davomatini yaxshilash va umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qamrab olish bo'yicha shahar va tuman hokimliklarida doimiy ishlovchi ishchi guruhlar tuzildi.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi, 64-moddasida ota-onalar o'z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari belgilab qo'yilgan.

Shu nuqtai nazardan endi ta'lim muassasalariga o'qishga qatnamaydigan o'quvchilar va ularning ota-onalariga hamda unga mas'ul bo'lgan, real davomatni yashirgan ta'lim muassasalari rahbar xodimlariga nisbatan keskin choralar ko'riladi.

Qo'shma qarorda o'n kun muddatda ta'lim muassasalarida ishga qabul qilingan “Kamolot” YoIH etakchilari bilan birgalikda ta'lim muassasalari ichki intizomiga bo'ysinmaydigan o'quvchilarning ro'yxatlarini tuzish;

bir hafta muddatda barcha ta'lim muassasalaridagi real davomatni aniqlash;

mahalla profilaktika inspektorlarini ta'lim muassasalariga biriktirish;

profilaktika inspektorlari va fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan sababsiz surunkali dars qoldirayotgan, ta'lim muassasasining ichki tartib intizomiga bo'ysinmaydigan, huquqbuzarlikka moyil o'quvchilar bilan manzilli ishlab, jamoatchilikni jalb qilgan holda, ularning ota-onasiga tushuntirish ishlarini olib borish;

farzandlari tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi, shuningdek ular tarbiyasiga e'tiborsiz ota-onalar bilan alohida ish olib borish va tuman hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar yig'ilishini o'tkazib, o'z vakolati doirasida tegishli choralar ko'rish belgilangan.

Shuningdek, mazkur qo'shma qarorda ta'lim muassasalarida tashkil etilgan fan, sport va boshqa yo'nalishdagi to'garaklar faoliyatini ham tubdan qayta ko'rib chiqish masalasi qamrab olingan.

 Qo'shma qarorda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ta'lim muassasalari qoshidagi to'garaklar faoliyatining real holatini o'rganish ko'zda tutilgan.

Joriy yilning 1 aprelь kuniga qadar ta'lim muassasalaridagi mavjud to'garaklar ishini tubdan yaxshilash yoki ular faoliyatini boshqa yo'nalishdagi to'garaklarga o'zgartirish hamda ular faoliyatini tizimli tashkil etish yuzasidan  aniq takliflar tayyorlanadi.

Shuningdek, bu qo'shma qaror bilan tegishli mas'ullarga joriy yilda umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga qamrab olish yuzasidan qator topshiriqlar berildi.

Поделиться