O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Qirg‘iziston siyosiy maslahatlashuvlariga doir

2017-03-14 | Siyosat

2017-yilning 13-14-mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Dinara Kamolova boshchilik qildi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, 2016-yilning 24-dekabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv, so‘ngra O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi ikki tomon hukumat delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari, manfaatdor biznes doiralar o‘rtasidagi aloqalar, davlatlararo chegaralarni huquqiy rasmiylashtirish borasida davom etayotgan muzokaralar serqirra O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining yangi dinamikasini namoyon etadi.

O‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda aloqalarni rivojlantirish, jumladan O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi e’tirof etildi.

Maslahatlashuvlar doirasida konsullik masalalari va axborot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha guruhlarning uchrashuvlari ham o‘tkazildi.

Muzokaralarda Qirg‘iziston Elchisi Daniyar Sidikov ishtirok etdi.

Поделиться