O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy saylov komissiyasining majlisi
2017-03-10 | Saylov
2017-yil 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.
Majlisda shu yilning 14-mart kuni o‘tkaziladigan Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisini o‘tkazish to‘g‘risida qaror kabul qilindi.
Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ayrim deputatlari boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan ularning deputatlik vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi masalalar ham muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.