O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy ko'chaga buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomi berildi

2017-03-06 | Jamiyat

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan  Mirzo Ulug'bek va Yashnobod tumani hududida joylashgan  Taraqqiyot ko'chasi o'rniga buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomi berildi.

Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan Maxtumquli (1733-1793) Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, o'zbek adabiyotining o'tmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishgan.

Maxtumquli o'zbek adabiyoti, madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishib, bir qancha liroepik dostonlar, juda ko'p g'azallar yaratgan. Maxtumquli ijodining turkman adabiyoti tarixidagi o'rni, uning o'zbek-turkman adabiy aloqalar sohasidagi ahamiyati taniqli o'zbek va turkman olimlarining ilmiy ishlarida keng yoritilgan.

Maxtumquli o'z she'rlarining birida o'zbek xalqining mutafakkir shoiri Alisher Navoiyni ustoz sifatida hurmat qilishini bildirgan.  Maxtumquli Navoiyning lirika sohasidagi asarlaridan ta'sirlanib, ustozning g'azal va muxammaslari uslubida manzur asarlar yaratdi.

Поделиться