O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining majlisi to‘g‘risida
2017-03-04 | Siyosat
2017-yilning 27-fevral – 3-mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis davomida ikki davlatning Hukumat delegatsiyalari tomonidan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralarini demarkatsiya qilishga oid hujjatlarni tayyorlash davom ettirildi va 2017-yilning birinchi yarmida dala ishlarini o‘tkazish jadvali kelishildi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.