O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hotamjon Ketmonovning Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-02-21 | Siyosat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Xalq demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 20-fevral kuni Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi raisi O'.Mavlonov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Asadov yig'ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o'z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so'zladi.

Dasturda asosiy ustuvor yo'nalishlar qatorida avvalambor aholining davlat va jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlari himoyasi yo'lida mehnatga layoqatli kishilarning munosib haq to'lanadigan ish o'rinlariga ega bo'lishga intilishini qo'llab-quvvatlovchi, ularning shaxsiy tashabbuskorligi va ishbilarmonligini rag'batlantiruvchi kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga, ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, kasb tanlash, ta'lim olish va o'quv muassasalarini bitirgach, albatta, birinchi ish o'rniga ega bo'lishlari uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlar yaratish qayd etilgan.

Uchrashuvda Zarafshon shahridagi 13-umumta'lim maktabi direktori G.Qarshiyeva, Navoiy davlat pedagogika instituti kafedra mudiri X.Qurbonov, Konimex tumanidagi 5-umumta'lim maktabi direktori I.Narizova saylovlarning ko'ppartiyaviylik va partiyalararo sog'lom raqobat ruhida, umume'tirof etilgan demokratik tamoyillar asosida tashkil etilayotgani mamlakatimizni yanada rivojlantirish, xalqaro maydondagi nufuzini tobora mustahkamlashda muhim omil ekanini ta'kidladi.

Поделиться