O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hotamjon Ketmonovning Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-02-21 | Siyosat

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 20-fevral kuni Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 3-Buxoro saylov okrugi raisi M.Daminov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili S.Jo'rayeva yig'ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov saylovchilarga o'z saylovoldi dasturida aks etgan asosiy vazifalar haqida ma'lumot berdi.

Nomzodning saylovoldi dasturida pensionerlar, nogironlar, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar va mehnatga layoqatsiz aholining boshqa ijtimoiy guruhlari hayotiy ehtiyojlarini to'liq qondirishni kafolatlovchi pensiya ta'minoti va ijtimoiy nafaqalarning samarali tizimini shakllantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tovarlar va xizmatlar narxini shakllantirish ustidan davlat nazorati samaradorligini oshirish orqali ularning narxi va tariflari o'sishi inflatsiya darajasidan yuqori bo'lmasligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, tannarxini pasaytirish, uy-joylarning ijtimoiy maqbulligini ta'minlash maqsadida davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan mablag'larning samarali foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va boshqa qator vazifalar o'rin olgan.

Uchrashuvda Kogon tumanidagi "Suxor" mahalla fuqarolar yig'inining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchisi B.Komilova, Buxoro soliq kolleji bitiruvchisi Z.Muzaffarov, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasining Qorako'l tuman kengashi raisi F.Bebutov va boshqalar nomzodning dasturi yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Поделиться