O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Giyohvandlik – umr zavoli

2017-03-01 | Ta’lim

Toshkent madaniyat kollejida yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqatilishiga qarshi kurashish oyligi munosabati bilan «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvand moddalar iste’mol qilishning salbiy oqibatlari» mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Toshkent shahar narkologiya dispanseri bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda giyohvandlik asr vabosi, unga qarshi kurashishda, avvalambor, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. 

Tadbirda yoshlar orasiga giyohvand vositalarni olib kirish, tarqatish va saqlash bilan bog‘liq turli jinoyatlarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish haqida so‘z yuritildi. 

– Mamlakatimizda biz, o‘g‘il-qizlarning ta’lim-tarbiya olishimiz uchun barcha qulaylik yaratilgan, – deydi kollej o‘quvchisi Umid Sobirov. – Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz, turli yot g‘oya va zararli illatlardan o‘zimizni, tengdoshlarimizni asrashimiz zarur. 

O‘quvchilarga giyohvandlik tushunchasi, giyohvand vositalarning inson organizmiga salbiy ta’siri to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan «Umr zavoli» sahna ko‘rinishi namoyish etildi. 

Поделиться