O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
2017-02-24 | Jamiyat
Yurtimizda olib borilayotgan samarali islohotlar har bir sohada katta o‘zgarish va yangilanishlarga, shu bilan birga, ko‘plab xalqaro tashkilotlar va davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga zamin hozirlamoqda.
Xususan, 2017 yilning 22 fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida Jahon bankining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish yo‘nalishidagi Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mutaxassisi K.Takeuchi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuv davomida, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida takliflar ko`rib chiqildi. Bundan tashqari, loyiha doirasida rejalashtirilayotgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli masalalar ham muhokama qilindi.