O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport xabarlari

2015-02-20 | Sport

Fransiyaning Marsel shahrida o'tkazilayotgan xalqaro turnirning juftliklar bahsida qatnashayotgan hamyurtimiz Denis Istomin chorak finalga chiqdi.

Shaxmat. Gruziyaning Tbilisi shahrida davom etayotgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE Gran-prisining uchinchi bosqich bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Rustam Qosimjonov to'rtinchi turda kubalik Lener Dominges Peres bilan durang o'ynadi va ochkolar sonini ikkitaga yetkazdi. R.Qosimjonov navbatdagi turda rossiyalik Pyotr Svidler bilan bahslashadi.

* * *

Tennis. Fransiyaning Marsel shahrida o'tkazilayotgan xalqaro turnirning juftliklar bahsida qatnashayotgan hamyurtimiz Denis Istomin chorak finalga chiqdi. D.Istomin qozog'istonlik Andrey Golubev bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya vakili Jeymi Marrey va avstraliyalik Jon Pirsni 7:5, 6:7, 10:7 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi ular yarim finalga chiqish uchun chexiyalik Lukash Rosol va avstriyalik Dominik Tim juftligiga qarshi kortga chiqadi.

* * *

Turkiyaning Antaliya shahrida o'tayotgan «Fyuchers» turkumidagi xalqaro turnirda Arina Fols dastlabki g'alabasini nishonladi. Iqtidorli tennischimiz birinchi bosqichda belaruslik Irina Shimanovichni 6:4, 6:4 hisobida yengdi. Endi tennischimiz chorak finalga chiqish uchun chexiyalik Natali Chvachkova bilan bahslashadi.

Поделиться