O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: bunyodkorlik va obodonlashtirish – taraqqiyotimiz va farovonligimiz ifodasi

2017-02-11 | Siyosat

Prezidentimiz Termiz shahrida barpo etilayotgan g‘o‘zapoya va qamishdan DSP ishlab chiqarish korxonasi loyihasi bilan tanishdi. 

Bunyodkorlik va obodonlashtirish mamlakatimiz taraqqiyoti, farovonligining ifodasidir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu bois arzon va sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishga, bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berish zarur.  

"Termiz ta’minot" mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida barpo etilayotgan korxonada yiliga 30 ming kubmetr DSP mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 4,2 gektar maydonda 2,9 million dollar evaziga qad rostlaydigan yangi majmuada 160 ish o‘rni yaratiladi. 

Davlatimiz rahbari shu yerning o‘zida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati  va “Komfort inert servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilayotgan granit va gabbro toshlaridan qurilishbop pardozlash plitalari ishlab chiqarish loyihasi bilan ham tanishdi. 

Yiliga 80 ming kvadrat metr granit mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan yangi korxonada 205 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.  

Prezidentimiz yangi korxonalarni zamon talablariga mos texnologiyalar bilan jihozlash, mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, balki eksportga yo‘naltirish choralarini ko‘rish lozimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. 

Abu Bakir O‘rozov, O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться