O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hotamjon Ketmonovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-02-20 | Siyosat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Xalq demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 19-fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 1-Qoraqalpog'iston okrug saylov komissiyasining raisi K.Karimov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Q.Qurbonboyev yig'ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o'z saylovoldi dasturida ilgari surilgan asosiy yo'nalishlar haqida saylovchilarga ma'lumot berdi.

Nomzodning saylovoldi dasturida qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini oshkora va konstruktiv muhokama etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki amaliyotini izchil rivojlantirish, ijtimoiy sheriklik institutini yanada rivojlantirishni izchil ta'minlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilishning sud mexanizmlari ommabopligini kengaytirish va mazkur masalalarda sud nazoratini kuchaytirish hisobiga sud qarorlari ijrosi sifatini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va boshqa ustuvor vazifalar belgilangan.

Uchrashuvda Xalq demokratik partiyasi Beruniy tumani kengashi raisi X.Eshimbetov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ma'naviyat-targ'ibot markazi rahbari Sh.Ayapov, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti talabasi H.Nurjonova va boshqalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko'ppartiyaviylik hamda muqobillik asosida, xalqaro demokratik tamoyillarga mos tarzda o'tayotganini ta'kidlab, saylovchilarni 2015-yil 29-mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Поделиться