O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Narimon Umarovning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-02-20 | Siyosat

O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 19-fevral kuni Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasining raisi Sh.Mamatqulov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Altmisheva yig'ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov nutq so'zlab, saylovchilarga o'z saylovoldi dasturining asosiy yo'nalishlari haqida ma'lumot berdi.

Dasturda O'zbekistonda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash vazifasi davlat, hokimiyat, biznes va fuqarolik jamiyati institutlarining sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirishni talab etishi alohida ta'kidlangan. Bu borada ijtimoiy taraqqiyot dasturlarini keng jamoatchilik ishtirokida ekspertizadan o'tkazish, birinchi navbatda, tuman va shaharlar miqyosida jamoatchilik nazorati yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi, ijtimoiy ahamiyatga molik fuqarolik tashabbuslarini yoqlab, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularning sog'liqni saqlash, ta'lim, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi muammolarni hal qilishdagi ishtirokini yanada kengaytirishga e'tibor qaratilgan.

Uchrashuvda Sirdaryo tumanidagi 13-umumta'lim maktabi o'qituvchisi S.Elmurodov, O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o'rinbosari D.Abdullayeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Saylovchilarni 2015-yil 29-mart kuni o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Поделиться