O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Narimon Umarovning Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-02-20 | Siyosat

O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 19-fevral kuni Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi raisi N.Abdullayev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili R.Tolipov yig'ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov saylovchilarni o'z saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Nomzodning saylovoldi dasturida hokimiyat va jamiyat o'rtasida samarali hamkorlikni kengaytirish, hokimiyatning barcha darajalaridagi boshqaruv vakillari hamda fuqarolar o'rtasida ochiq muloqot va to'g'ridan-to'g'ri munosabatlarni yo'lga qo'yish, mamlakatimizda asrlar davomida ahil-inoq yashab kelayotgan turli millat va elatlarning xilma-xilligini mushtarak holda saqlash va rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi va erkinligini yanada kuchaytirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarning ochiq va oshkoraligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining faolligini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Toshkent viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori B.Qosimov, Oqqo'rg'on tumanidagi 78-ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internati direktori N.Hasanova, Ohangaron tumani "Guliston" mahalla fuqarolar yig'ini raisi D.Sanaqulova va boshqalar Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan ustuvor vazifalar xususida o'z fikr-mulohazalarini bildirib, Prezident saylovi ko'ppartiyaviylik hamda muqobillik asosida, demokratik tamoyillarga mos tarzda o'tayotganini ta'kidladi.

Поделиться