O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
JSST Vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv
2017-02-03 | Siyosat
2017-yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Vakolatxonasining yangi tayinlangan rahbari Lianne Kuppensni qabul qildi.
L.Kuppens o‘zining O‘zbekistonga tayinlangani to‘g‘risidagi JSST Bosh direktori Margaret Chenning maktubini Vazirga topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni va O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan vazifalar doirasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.