O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiy barqarorlik – ustuvor vazifa

2015-02-19 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizda iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, sohada tarkibiy tub o'zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent islom universitetida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda «Barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish: ustuvor yo'nalishlar, muammolar va istiqbollar» mavzusida o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda qator vazirlik va idoralar vakillari, iqtisodchi olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari va oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.

Anjumanda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda qulay investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, korxonalar raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan olib borilgan ishlar va Inqirozga qarshi choralar dasturining maqsadli yo'naltirilganligi mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilayotganligi alohida ta'kidlandi.

Prezidentimizning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o'sish sur'atlariga erishilayotgani qayd etilgan.

Anjumanda 2014-yilda iqtisodiyot va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o'sish sur'atlariga erishilgani ta'kidlandi.

Qishloq xo'jaligi, sanoat va xizmat ko'rsatish tarmoqlarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish zarurati tobora ortib borayotir. Bu jihatlar iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi. Ushbu sohalar yalpi ichki mahsulotni ko'paytirish, aholi bandligini ta'minlash, farovonligini oshirishda yetakchi o'rin tutishi bilan ahamiyatlidir.

Anjumanda globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, kapitallar harakatini erkinlashtirishning iqtisodiy o'sishga ta'siri, tashqi savdo va investitsion faollikning mintaqaviy xususiyatlari kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.

Поделиться