O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida kadrlar o‘zgarishi
2017-02-02 | Texnologiyalar
2017 yilning 2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Mirzohidov Xurshid Mirsobirovich O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisi etib tayinlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi farmoniga asosan, Shermatov Sherzod Xotamovich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Vazirlik jamoasi X.M. Mirzohidovga mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishdagi ulkan mehnati, vazirlik jamoasi hamda soha muassasalarining hamjihat faoliyatlarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildiradi.