O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholi hayoti muhofazasi ta’minlanadi

2015-02-19 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2014-yilgi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi va istiqboldagi vazifalar muhokama etildi.

Tadbirda mamlakatimizda aholi va xalq xo'jaligi obyektlarini tabiiy hamda texnogen tusdagi ofatlardan ishonchli va samarali muhofaza qilish borasida maqsadli ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. Fuqaro muhofazasi sohasida profilaktik tadbirlar o'tkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i B.Rahmonboyev har kuni boshqarmaga fuqarolardan maishiy muammolar yoki inson hayoti va salomatligiga xavf soladigan vaziyatlar bilan bog'liq ko'plab murojaatlar bo'layotganini qayd etdi. Barcha murojaatlar bo'yicha tezkor choralar ko'rilmoqda.

Qutqaruvchilarning aniq va tartibli harakatlarini ta'minlash, shuningdek, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida maxsus taktik o'quv-mashg'ulotlari muntazam o'tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2014-yilda 67 shunday tadbir o'tkazildi. Aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, o'sib kelayotgan avlodga favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va ro'y berganda qanday harakatlanishni o'rgatishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

2014-yilda qutqaruvchilar poytaxtimiz irrigatsiya-drenaj tizimining ishga yaroqliligini oshirish, uni maishiy chiqindilardan tozalash, shahar ichidan oqib o'tadigan kanallar qirg'oqlarini mustahkamlash borasida izchil ishlarni amalga oshirdi.

Kuchli yog'ingarchilik bilan bog'liq favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va ularning oldini olish, yomg'ir suvlarini halokatsiz oqizib yuborishni ta'minlash masalalari ham joriy yilgi dolzarb vazifalardandir.

Поделиться