O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iziston Elchisi bilan uchrashuv
2017-02-02 | Siyosat
2017-yilning 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlari faoliyatining amaliy jihatlari ikki davlat rahbarlarining tegishli topshiriqlarini amalga oshirish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.
Uchrashuvda turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Qirg‘iziston uchrashuvlari bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.