O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy saylov komissiyasining majlisi
2017-02-01 | Saylov
2017-yil 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.
Shu yilning 27-yanvar kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Jizzax va Surxondaryo viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga Oliy Majlis Senati a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan U.Uzakov va E.Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olindi.
Shuningdek, majlisda ayrim senatorlarning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish hamda Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.