O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot rahnamosiga ehtirom
2017-01-31 | Siyosat
Joriy yil 30 yanvar kuni Senatda mustaqil O‘zbekiston davlati asoschi va Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavallud kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Senat Raisi N.Yo‘ldoshev o‘z nutqida O‘zbekiston va uning xalqining hozirgi baxtli hayoti, buyuk va yorug‘ kelajagi Islom Karimov nomi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda qatnashgan O‘zbekiston xalq shoiri, senator Iqbol Mirzo va “Yoshlar” jurnalining bosh muharriri, shoir Nodir Jonuzoq tomonidan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilariga Vatanimiz istiqlolining shonli tarixiga, buyuk Yo‘lboshchimizning bu tarixni yaratishdagi serqirra faoliyatiga bag‘ishlangan “Ehtirom” nomli hujjatli film namoyish etildi.