O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa tashkil etildi

2017-01-31 | Sport

Namanganda mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab dzyudo hamda o‘zbek jang san’ati bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi. 

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun zamonaviy sharoit yaratishga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. 

– O‘zbekistonimizda mustaqil taraqqiyot yillarida barcha sohalarda erishilgan ulkan yutuq va marralar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan chambarchas bog‘liq, – deydi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Namangan viloyati filiali rahbari A.Mamadumarov. – Viloyatimizda turli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan yosh sportchilar safi tobora kengayib, ular orasidan qit’a va jahon chempionatlari g‘oliblari, Olimpiada sovrindorlari yetishib chiqayotgani ham ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasidir. 

Namangan shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida bo‘lib o‘tgan musobaqada 2001-2002-yillarda tug‘ilgan 200 dan ortiq o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun kuch sinashdi. 

Dzyudo bo‘yicha musobaqalarda Namangan shahridan R.Inomov, A.Boyxonov, J.Mamasoliyev, Pop tumanidan O.Avazbekov, Namangan tumanidan A.Tojimirzayev, Z.Jamoliddinov, Yangiqo‘rg‘on tumanidan M.Abdulhakimov o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi. 

O‘zbek jang san’ati bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumanidan N.Komiljonova, Namangan shahridan M.Bahriddinova, M.Abdusattorova, M.Nabijonova, K.Ahmedov, A.Mirsaidov, A.Anvarov, E.Jahongirov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. 

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

 
Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться