O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Narimon Umarovning Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-02-19 | Siyosat

O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 18-fevral kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining raisi Ya.Allayorov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili N.Rabbimova yig'ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o'z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so'zladi.

Dasturda mamlakatimizda "Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun" tamoyili asosida olib borilayotgan siyosatni rivojlantirish, aholi turmush sifati ko'rsatkichlarini yanada yaxshilash sharti bo'lgan davlat ijtimoiy dasturlarini tatbiq etishni izchil davom ettirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni faqat davlat hokimiyati organlarining samarali sa'y-harakatlari bilan hal etib bo'lmasligini inobatga olib, xodimlar va ish beruvchilar o'rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, korxonalarda xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, biznes tuzilmalarning ijtimoiy mas'uliyatini yanada oshirish doimiy e'tibordagi masalalar ekanligi qayd etilgan.

Uchrashuvda Samarqand shahridagi 14-umumta'lim maktabi direktori D.Saydullayeva, ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qo'shrabot tumani kengashi raisi A.To'xtarov, "Mahalla" xayriya jamoat fondi Samarqand shahar bo'limi mutaxassisi M.G'ulomova va boshqalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko'ppartiyaviylik va muqobillik asosida o'tayotgani mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat shakllangani, saylov tizimimiz umume'tirof etilgan xalqaro normalarga to'la javob berishidan dalolat ekanini ta'kidladi.

Поделиться