O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya TIV rahbariga tabrik
2017-01-30 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Zigmar Gabrielni Germaniya Federativ Respublikasining Federal tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.
Tabrik maktubida an’anaviy do‘stona, serqirra va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada mustahkamlashishi va rivojlanishiga ishonch bildirildi.
“Sizning Federal iqtisodiyot va energetika vaziri sifatida ulkan ish tajribasiga egaligizni inobatga olgan holda biz mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion-texnologik va moliyaviy-texnik hamkorlikni sifat jihatdan kengaytirish va oshirishga umid qilamiz”, - deya ta’kidlanadi maktubda.