O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

2017-01-30 | Siyosat

Janobi Oliylari! 

Siz bilan 2017-yil 5-yanvar kuni telefon orqali muloqotimiz chog‘ida Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash prinsiplari, shuningdek, shaxsiy do‘stona munosabatlarimizni rivojlantirish tarafdori ekanimizni tasdiqlaganimiz alohida ahamiyatga ega ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. 

Joriy yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25-yil to‘ldi. 2006-yil Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi va shundan buyon mamlakatlarimiz siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli va istiqbolli hamkorlikni izchillik bilan kengaytirib kelmoqda. 

O‘tgan yili samarali hamkorligimizning yorqin namunasi bo‘lgan Surg‘il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasi muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Neft-kimyo sohasida birgalikda amalga oshirilayotgan boshqa loyihalar, shuningdek, kelajakda hayotga tatbiq etiladigan yangi loyihalar ham mamlakatlarimizning samarali hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman. 

Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi, koreyslarning Markaziy Osiyoda yashayotganining 80-yilligi Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. O‘zaro hamkorlik doirasida barpo etilayotgan Koreys madaniyati va san’ati uyi xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonchim komil. 

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, O‘zbekiston Respublikasiga cheksiz farovonlik tilayman. 

Ehtirom bilan, 
 

Xvan Gyo An,
Koreya Respublikasi Prezidenti
vazifasini bajaruvchi

Поделиться