Aloqa tarixi muzeyida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Islom Karimov tavalludi kuniga bag‘ishlangan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda istiqlol yillarida mamlakatimizda o‘rnatilgan osuda va farovon jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qo‘lga kiritilgan marralar, barqaror taraqqiyot, mehr-oqibat va bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik kabi buyuk ishlar Islom Karimov nomi bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, Islom Karimov tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilgan e’tibor, sohani qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan yuksak xayrixohlik, jumladan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti rahbarligida AKT sohasida qabul qilingan hamda axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali iqtisodiyot va ijtimoiy hayotni yaxshilashga qaratilgan 11 ta qonun, 80 dan oshiq prezident qaror va farmonlarining imzolanishi alohida qayd etildi.
Ishtirokchilar tomonidan aytib o‘tilganidek, Islom Karimovning yorqin nomi va xizmatlari, uning olijanob, vatanparvar hamda jasur shaxsiyatiga xos sifatlar, umrini Ona vatani taraqqiyoti va xalqining farovonligiga baxsh etgan fidoyiligi yurtdoshlarimiz qalbida mangu yashaydi.