O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi sessiyasi
2017-01-28 | Siyosat
24 yanvar kuni xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi O’. Barnoev so’zga chiqdi.
Ta’kidlandiki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, odamlarga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ular bilan yaqindan muloqot qilish va muammolarini hal etishga qaratilgan dolzarb vazifalar ilgari surilmoqda.
—Afsuski,—dedi viloyat hokimi,—shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Uy-joy qurilishi va sifati talab darajasida emas. Kommunal to’lovlar bo’yicha qarzdorlik bartaraf etilmayotir. Shaharni obodonlashtirish ishlari ayanchli ahvolda. Odamlarni tashvishlantirayotgan muammolarni hal etishga mas’uliyatsizlik bilan qaralayotgani sababli, yuqori tashkilotlarga qilinayotgan murojaatlar ko’paymoqda. Bu esa shahar rahbariyatining tashkilotchiligi yetishmasligi, masalaga yangicha yondashmayotganini ko’rsatadi.
Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. O’z arizasiga binoan, shahar hokimi Valijon O’rinov vazifasidan ozod qilindi. Kogon shahar hokimi bo’lib ishlayotgan Ixtiyor Farmonov Buxoro shahar hokimi etib tayinlandi.