O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda rangtasvirchi rassom Muhammadjon Tojimirzayevning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi

2017-01-27 | Madaniyat

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida rangtasvirchi rassom Muhammadjon Tojimirzayevning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar taniqli musavvir Muhammadjon Tojimirzayevning o‘ziga xos ijod yo‘li, dunyoqarashi, falsafiy olami u yaratgan tasvirlarda mohirona eks etgani haqida so‘z yuritdi. 

M.Tojimirzayev 1962-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Uning ijod namunalari Bryussel, Moskva, Riga va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. U rangtasvir sirlarini R.Ahmedov, I.Valixo‘jayev, V.Jmakin, V.Burmakin kabi ustozlaridan o‘rgangan. M.Tojimirzayevning ijodida hayot va haqiqat manzarasiga keng o‘rin berilgan. Bu chizmalar shunchaki ranglar bilan emas, falsafiy mushohada yo‘g‘rilgan shakl va chiziqlar bilan ifoda etiladi. 

– Muhammadjon Tojimirzayev o‘zining yo‘nalishini topgan musavvir, – deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Rahimjon Nizomuhammedov. – U ustozlaridan ko‘p o‘rgandi. Ammo ularga taqlid qilmay, ijod yo‘lini topgani juda quvonarli. E’tibor berib kuzatsangiz, rassom ijodida tasvirlar ochiq va aniq holatda ko‘rinmaydi. Ular uch-to‘rt ranglar uyg‘unligi, qorishmasiga o‘xshaydi. Bunday yashirin tasvir muxlisni har doim fikrlashga, ulardan yangi-yangi ma’nolar izlashga undaydi. Bu esa ijodkorning katta yutug‘idir. 

Ko‘rgazmada muallifning saksondan ortiq ijod namunasi namoyish etilmoqda. 

 

 

Nasiba Ziyodullayeva, A’lo Abdullayev (surat), O‘zA

Поделиться