O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Fermerlari kengashining 2016-yildagi faoliyati sarhisob qilindi

2017-01-27 | Iqtisodiyot

Poytaxtimizda O‘zbekiston Fermerlari kengashining 2016-yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Fermerlari kengashi raisi S.Turdiyev va boshqalar mamlakatimizda fermerlik harakatiga katta e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi. 

2017-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 160 ming 300 dan ortiq fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, davlat buyurtmasiga binoan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish asosida ichki va tashqi bozorning ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida 2016-yilda O‘zbekiston Fermerlari kengashi va uning tizim tashkilotlari tomonidan fermer xo‘jaliklarida uch yuzdan ortiq seminar va davra suhbati o‘tkazildi. Soha mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda tegishli vazirlik, idoralar mutaxassislarini jalb etgan holda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, paxta-g‘alla, meva-sabzavotchilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda eng ilg‘or agrotexnik tadbirlarni qo‘llash hamda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. 

– Fermerlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlar bizga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, yanada samarali mehnat qilish, mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shishga undamoqda, – deydi Qibray tumanidagi "Istiqlol – Shukurova G.N." fermer ho‘jaligi rahbari Go‘zal Shukurova. – Shu bois fermer xo‘jaligimizda har yili meva va poliz ekinlarining hosildorligi oshirilib, qo‘shimcha shartnomalar tuzilayotir. Bu borada Fermerlar kengashi bizga tayanch va madadkor bo‘layotir. Fermerlarga soliq imtiyozlari berilib, bank kreditlari bilan ta’minlanmoqda, ularga lizing xizmatlari ko‘rsatishda, o‘z mahsulotlarini eksport qilish va investitsiyalarni jalb etishda ko‘maklashilmoqda. 

Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilayotgan 66 ta tumanning eksport salohiyatini yuksaltirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish bo‘yicha zarur infratuzilmani yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish borasida vazifalar belgilandi. 

 

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA 

Поделиться