O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi

2017-01-27 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi quyi palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Qo‘mita raisi A.Shodmonov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi. 

Tadbir qatnashchilarining e’tibori milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga doir chora-tadbirlar muhokamasiga qaratildi. Mazkur yo‘nalishda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkni himoya qilish va uning rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davom ettirish, hududlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali foydalanish, turizm sohasini taraqqiy ettirish borasida qator takliflar ilgari surilgan. 

Mamlakatimizda xususiy mulkchilik shakllarini rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotdagi ulushi tobora ortib bormoqda. Ayni paytda xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to‘sqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish sohani barqaror taraqqiy ettirishning muhim shartiga aylandi. 

– Kollej va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilgani natijasida ishbilarmonlar qatorida yoshlar soni tobora ortib bormoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boshqarma boshlig‘i D.Abduazizov. – Mazkur tadbirkorlar toifasining bilim va malakasini yanada oshirish esa korxonalarning barqaror faoliyat ko‘rsatishida muhim o‘rin tutadi. 

Davra suhbatida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasi yuzasidan takliflar bildirildi. 

 
Behzod Bozorov, O‘zA 

Поделиться