O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasining majlisi

2017-01-24 | Saylov

2017-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil ikkinchi yarmida amalga oshirgan ishlari va 2017-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Komissiyaning 2016-yilning ikkinchi yarmi mobaynidagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda amaldagi saylov qonunchiligi, Komissiyaning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshirildi hamda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar Dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi.

Butun saylov kampaniyasining ochiqligi va oshkoraligi beshta xalqaro tashkilot va 46 ta davlatdan qariyb 600 nafar kuzatuvchi, siyosiy partiyalarning 37 mingdan ziyod kuzatuvchilari hamda 615 ta milliy va 272 ta xorijiy OAV, shu jumladan 315 ta internet nashrlari faol ishtirokida ta’minlandi.

Majlisda qayd etilganidek, 2016-yil 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi davlatimiz tizimi mustahkamligini, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari, jamiyatimiz va xalqimizning jipsligini butun dunyoga yana bir bor namoyon etdi.

Komissiyaning 2017-yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ga mo‘ljallangan ish rejasida saylovchilarning murojaatlari bilan ishlash, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalarining faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratish nazarda tutilgan.

Joriy yilning 21-yanvar kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Sh.Babayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Поделиться