O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining Qobul shahridagi uchrashuvlari

2017-01-24 | Siyosat

2017-yilning 24-yanvar kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi

2017-yilning 24-yanvar kuni Qobul shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy, 

 

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentning maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, 23-24-yanvar kunlari Qobul shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining sanoat assotsiatsiyalari va xo‘jalik subyektlari vakillaridan iborat a’zolari afg‘onistonlik hamkorlari bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazdilar.

Tashrif doirasida qisqa muddat ichida tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini 1,5 mlrd. AQSh dollariga yetkazish imkonini beradigan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy “Yo‘l xaritasi”; qo‘shma temir yo‘l va avtomobil yo‘li loyihalarida O‘zbekiston tomoni ishtirokini ko‘zda tutadigan Transport infratuzilmasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadlari to‘g‘risidagi Protokol; Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Qo‘shma kommissiya tuzish maqsadlari to‘g‘risidagi protokol; O‘zaro anglashuv to‘g‘risida vazirliklararo memorandum; Narkotik vositalar, psixoterapik moddalar va ularning preskurorlarini noqununiy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Bitim imzolandi.

 

O‘zbekiston va Afg‘oniston biznes tuzilmalari vakillari tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar, “tez yordam” avtomobillari, bug‘doy, elektrmaishiy texnikasi yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 49.3 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, “O‘zsanoateksport” AJ savdo uyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Savdo uyi binosida mamlakatimiz tadbirkorlari mahsulotlarining doimiy faoliyat yuritadigan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” ko‘rgazmasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Поделиться