O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2017-01-24 | Siyosat
2017-yilning 23-yanvar kuni Afg‘onistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qobul shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar hamda xalqaro va mintaqaviy siyosat muammolari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Hozirgi paytda Tashqi ishlar vazirlari Kengashida O‘zbekiston raislik qilayotgan Islom hamkorlik tashkiloti faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.