O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston Hukumatining Ijrochi Raisi bilan uchrashuv

2017-01-24 | Siyosat

2017-yilning 24-yanvar kuni Qobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumatining Ijrochi Raisi Abdulla Abdulla bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va investitsiya sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, bugun O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun yetarli imkoniyatga ega bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich 2016-yilning yanvar-oktabrida 429 million AQSh dollarini tashkil etdi. Shu nuqtayi nazardan Afg‘onistonda “O‘zsanoateksport” tashqi savdo kompaniyasining savdo uyi o‘z faoliyatini boshlashiga ikki tomon ham muhim ahamiyat qaratadi.

Abdulla Abdulla hozircha Afg‘onistonda yagona Hayraton – Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini qisqa muddat ichida qurilishi va foydalanishga topshirilishi hamda yuqori malakali injener-texnik xodimlar tayyorlashdagi yordami uchun O‘zbekiston tomoniga minatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda energetika sohasida, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi va infratuzilma obyektlariga oid yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.

Поделиться