O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashuv

2017-01-24 | Siyosat

2017-yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qarorgohi “Arg” saroyida qabul qilindi.

Vazir Afg‘oniston Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurish taklifi qayd etilgan shaxsiy maktubini yetkazdi.

Muloqot davomida turli yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Afg‘oniston rahbariyatining siyosiy xohishi tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar butunlay yangi sur’at va xususiyatga ega bo‘ldi. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning faollashuvida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro ahamiyat kasb etadigan xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться