O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Xitoy siyosiy maslahatlashuvlari
2017-01-24 | Siyosat
2017-yilning 24-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston-Xitoy vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Xitoy tomonidan XXR tashqi ishlar vaziri yordamchisi Li Hueylay boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning 2016-yil 21-22-iyundagi O‘zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni batafsil muhokama qilindi.
Uchrashuvda bo‘lajak yuqori va oliy darajadagi tashriflarga tayyorgarlik jarayoni ko‘rib chiqildi.
Shu kunning o‘zida Pekin shahrida Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tib, unda mazkur sohadagi hamkorlik sarhisob qilindi va istiqbollari belgilab olindi, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.