O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘onada viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2017-01-24 | Jamiyat

Farg‘onada 2016-yil yakunlari va 2017-yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” deya nomlangan ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. 

Hisobot davrida viloyat iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi. Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish 7,6 foiz, jumladan, sanoat mahsulotlari 6,3, qishloq xo‘jaligi 6,2, qurilish-pudrat ishlari 11, chakana savdo aylanmasi 14,5, xizmatlar ko‘rsatish 16,4 foiz o‘sishiga erishildi. 193,9 milliard so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. 

Viloyatni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2 ming 384 loyiha amalga oshirilib, 25 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Farmatsevtika, elektrotexnika, mashinasozlik sohalarida loyihalarni ishga tushirish hisobidan yangi 24 turdagi mahsulot ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Dang‘ara tumanidagi “Keng imkon biznes” korxonasida shifobaxsh giyohlar, Toshloq tumanidagi “Element kristall” korxonasida termos va elektr choynaklar, Farg‘ona tumanidagi “Rubber gold” korxonasida rezina plitka va granulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, o‘tgan yili hududiy tasarrufdagi 14 korxonada 22 loyiha amalga oshirilib, 37,8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Eksport faoliyatiga 96 yangi korxona jalb etilib, ular tomonidan 63,4 million dollarlik mahsulot xorijga chiqarildi. 

Yig‘ilishda erishilgan natijalar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham atroflicha tahlil qilindi. Xususan, eksport prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishda Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton, O‘zbekiston tumanlarida qoloqlikka yo‘l qo‘yildi. Shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etish va mahsulot eksportini ko‘paytirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash borasida mavjud imkoniyat va salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotgani qayd etildi. 

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida hayotiy dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratish, islohotlar izchilligini ta’minlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi. 

Farg‘ona viloyati faollari yig‘ilishida viloyat hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi. 

Поделиться